27 May 2023 yil 224

Qashqadaryoda viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Tibbiyot boʻlimiga qarashli davolash profilaktika muassasasi “Mingchinor” gospitalining ochilish tadbiri boʻlib oʻtdi.

Kitob tumanida yangidan bunyod etilgan “Mingchinor” gospitalining tantanali ochilish tadbirida Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri oʻrinbosari, general-mayor Azizbek Ikramov, viloyat hokimi Murotjon Azimov, ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi, polkovnik Shuhratjon Satvoldiev va mutasaddi tashkilotlar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda soʻzga chiqqanlar bugungi kunda ichki ishlar organlari tizimida muhtaram Prezidentimiz rahbarligida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar, xodimlarga samarali xizmat qilishi uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida alohida toʻxtalib oʻtishdi.

Yigʻilish ishtirokchilari gospitalda ichki ishlar organlari xodimlari, faxriylar va ularning oila aʼzolari uchun tibbiy xizmat koʻrsatish va xodimlarni sogʻlomlashtirish uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdilar.

Text to speech