10 Noyabr 2021 yil 341

Qashqadaryoda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ko‘chat ekish aksiyasi o‘tkazilmoqda


Joriy yil 2 noyabr kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev raisligida aholini uy-joy bilan taʼminlash hamda yashil maydonlarni kengaytirish chora-tadbirlari muhokamasi yuzasidan oʼtkazilgan videoselektor yigʼilishida 10 dekabrga qadar mamlakatimizning har bir shahar-tumanlari va qishloqlarida daraxt ekish boʼyicha “dolzarb 40 kunlik”ni eʼlon qilinganidan koʼpchilikning xabari bor.
Bu borada boshqa sohalar qatori Qashqadaryo viloyat ichki ishlar organlari xodimlari ham “Yashil makon” tadbiri doirasida tizim sohalariga qarashli maydon va bino atroflarida daraxt ekish ishlarini amalga oshirmoqda. Jumladan, viloyat IIB rahbariyati tomonidan boshqarma patrul post xizmati va jamoat tartibini saqlash boshqarmasi Kinologiya xizmati faoliyatini muvofiqlashtirish boʼlimi pitomnigi, Maxsus qabulxona, reablitatsiya qilish markazi binolari atrofiga mevali va manzalari daraxtlar ekishdi. Tadbirda viloyat IIB boshligʼining oʼrinbosari polkovnik Аziz Аllanazarov qatnashdi.
Boshqarma Patrul post xizmati batalьoni xodimlari esa Qarshi shahridagi Muruvvat uyi va 6-sonli oʼrta maktablar hovlisiga daraxtlar oʼtqazishdi.
Shu kuni tadbir doirasida ichki ishlar organlari rahbarlari va xodimlari tomonidan 500 tup koʼchatlar ekildi.
Bu boradagi ishlar viloyat ichki ishlar boshqarmasining shahar va tuman boʼlimlarida ham davom etmoqda.

Text to speech