24 Mart 2022 yil 401

Qashqadaryoda “gashish” giyohvandlik moddasini olib ketayotgan shaxs qo‘lga tushdi

2022 yil 21 mart kuni DXX viloyat boshqarmasi va viloyat IIB JQB xodimlar tomonidan hamkorlikda oʼtkazilgan tadbir davomida, Muborak tumani “Istiqlol” MFY hududida joylashgan “Shirinbuloq” muntazam YPX postida “Jentra” avtomashinasi toʼxtatib tekshirilgan vaqtida, ushbu avtomashinani boshqarib kelgan Buxoro shahrida yashovchi J.F  egnida boʼlgan kiyimlarining choʼntagi koʼzdan kechirilganida, uning yonidan qora rangli polietilin selofan paketga oʼralgan holatdagi oʼtkir hidli, toʼq jigarrang modda borligi aniqlanib tegishli tartibda rasmiylashtirib olingan. J.F.ning yonida boʼlgan toʼq jigar rangli oʼtkir hidli modda tarkibida tetrogidrokannabinol giyohvand moddasi mavjud boʼlgan “GАShISh” giyohvandlik vositasi ekanligi, uning sof ogʼirligi 74.24 grammga tengligi koʼrsatilgan. Mazkur holat yuzasidan TIIB TB tomonidan J.F.ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Text to speech