18 May 2020 yil 615

Qashqadaryo viloyati Yakkabogʼ tumanida "Spichki" yozuvli qutida giyohvandlik vositasi fosh etildi

Qashqadaryo viloyat Yakkabogʼ tumani IIBga 2020 yil 17 may kuni tushgan xabarga koʼra, 2020 yil 15 may kuni Yakkabogʼ tuman IIB tezkor xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalari yoki psixotrop moddalarga qarshi kurashish maqsadida, shu kuni soat 20:00 larda, Shahrisabz shahar “Tutzor” MFYda yashovchi K.U shu mahalla hududida bir dona “Spichki” yozuvli gugurt qutisiga joylangan 6,9 gramm ozginadan koʼproq miqdordagi “Marixuana” giyohvandlik vositasini “D” ismli fuqaroga 300.000 soʼmga qonunga xilof ravishda sotgan vaqtida holislar ishtirokida ushlanib, tegishli tartibda hujjatlashtirilgan. Tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida K.U yuqorida qayd etilgan giyohvandlik vositalarini tanishi Shahrisabz shahar “Sinabogʼ” MFYda yashovchi K.F.dan 200.000 soʼmga sotib olganligi aniqlangan. K.U.dan olingan yashil rangli, quruq holdagi, oʼtkir hidli oʼsimlik tarkibida faol giyohvand modda tetrogidrokannabional mavjud boʼlgan, “Marixuana” giyohvandlik vositasi ekanligi, uning sof ogʼirligi 6,9 grammni tashkil etishi koʼrsatilgan. Mazkur holat yuzasidan TIIB TB tomonidan K.U va F.Kga nisbatan Oʼz.Res JKning 273-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qoʼzgʼatilgan.

Text to speech