Qashqadaryo viloyati IIBda "Mehr nuri yogʼar doim koʼzingizdan ustozlar" mavzusida maʼrifat darsi boʼlib oʼtdi
Qashqadaryo viloyat IIBda "Mehr nuri yogʼar doim koʼzingizdan ustozlar" mavzusida maʼrifat darsi boʼlib oʼtdi
Bugun Qashqadaryo viloyati IIBda boʼlib oʼtgan “Maʼrifat darsi” 1 oktyabr - Ustozlar va murabbiylar kuniga bagʼishlandi. Unda boshqarma rahbariyati va sohaviy xizmatlari xodimlari hamda viloyat Pedagoglar va oʼqituvchilar malakasini oshirish instituti oʼqituvchilari ishtirok etishdi.
Tadbirda “Mehr nuri yogʼar doim koʼzingizdan ustozlar” mavzusida viloyat Pedagoglar va oʼqituvchilar malakasini oshirish instituti katta oʼqituvchisi Otajon Norov maʼruza qildi.
Oʼqituvchilik, murabbiylikni kasb qilib olgan insonlar oʼz yurtining eng moʼʼtabar ziyolilari hisoblanadi. Maktabda puxta bilim olgan oʼquvchilar kelajakda oʼzlari tanlagan sohaning yetuk, malakali mutaxassislari boʼlib yetishadi. Yurtboshimiz taʼbiri bilan aytganda, «Yangi Oʼzbekiston – maktab ostonasidan boshlanadi».
Buyuk faylasuf Aflotunning «...Farzandlaringizning ilm va adabini oʼzingizning ilm va adabingiz bilan cheklamang, ularni kelgusi zamon uchun tayyorlang, chunki ular sizning zamonangizga tegishli emas, kelgusi zamon odamlaridir», degan hikmatli oʼgiti hozirgi davrda ham ota-onalar, murabbiylar uchun qimmatli koʼrsatmadir.