Qashqadaryo viloyati IIBda, aholini bandligini taʼminlash masalalari boʼyicha maxsus oʼquv seminar oʼtkazildi
Oʼzbekiston Respublikasi IIVning 38-sonli kengaytirilgan tezkor yigʼilish bayonining 4.1-bandi ijrosini taʼminlash maqsadida Qashqadaryo viloyati IIBda 2020 yil 19 iyun kuni soat 20-00 da hududlarda kambagʼallikni qisqartirish, ehtiyojmand oilalarni qoʼllab-quvvatlash boʼyicha “temir daftar” hamda ehtiyojmand oilalarning “xonadon daftari”ni yuritish, xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish evaziga aholini bandligini taʼminlash masalalari boʼyicha maxsus oʼquv seminar oʼtkazildi.
Oʼquv seminariga viloyat hokimining oʼrinbosari maxalla va oilani qoʼllab-quvatlash boshqarmasi boshligʼi, viloyat hokimligining iqtisodiyot va kambagʼallikni qisqartirish boshqarmasi, markaziy bank, viloyat bandlikka koʼmaklashish, qishloq xoʼjaligi, qurilish boshqarmalari bosh mutaxassislari, shahar va tumanlarning IIB boshliqlari, ularning huquqbuzarliklar profilaktikasi masalalari boʼyicha oʼrinbosarlari, huquqbuzarliklar profilaktikasi boʼlim va boʼlinmalari boshliqlari, 3-sektorning masʼul kotiblari qatnashdi. Seminar mashgʼulotida barcha shahar va tumani IIB boshliqlari va 3-sektor kotiblariga kerakli tavsiya va topshiriqlar berildi.
Yigʼilishda har bir tuman (shahar) va sektor kesimida kambagʼallikni qisqartirish, kichik biznes, xususiy tadbirkorlik va hunarmandchilikni rivojlantirish, sanoat va xizmat koʼrsatish sohalarini ustivor oʼsishini taʼminlash, yangi investitsiya loyixalarini ishlab chiqish va amalga oshirish, qishloq hoʼjaligida klasterlar faoliyatini kengaytirish, aholi tomorqalaridan samarali foydalanish, yangi ish oʼrinlarini koʼpaytirish, ayniqsa yoshlar va ayollar bandligini taʼminlashga aloxida eʼtibor qaratildi.