11 Fevral 2022 yil 426

Qashqadaryo viloyati IIB tomonidan qudiruvda bo'lgan shaxs Samarqand viloyati hududida qo'lga olindi

Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 118-moddasi 1-qismida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilgani uchun Gʼuzor tumani IIB tomonidan qidiruvda boʼlgan, Navoiy viloyati Xatirchi tumani “Oʼzbekiston” MFY Koriz-arab qishlogʼida yashovchi M.D qonundan qochib qutulmoqchi boʼldi. Аmmo uning “qochish rejasi” uzoqqa bormadi. Qashqadaryo viloyat IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida M.D Samarqand viloyati Kattaqoʼrgʼon tumani hududida ushlandi. Endi u bir emas ikkita holat boʼyicha javob berishiga toʼgʼri keladi.

Text to speech