Qashqadaryo viloyati IIB PPX va JTSB PPXB xodimlari “Qon topshir – hayot inʼom et!” xayriya aksiyasida faol ishtirok etishmoqda
Xalqimizda “Yaxshilik qil, suvga sol, baliq bilar, baliq bilmasa - Xoliq bilar” degan naql bor. Darhaqiqat, bu naql ichki ishlar organlari xodimlarining kundalik faoliyatida doimo yoʼldosh. Negaki, kimdir haq-huquqi, kimdir buzilgan manfaati himoyasi uchun ichki ishlar organlari xodimlariga murojaat etishadi. Soha xodimlari ularning muammolarini yechim topib, fuqarolarga begʼaraz yordam koʼrsatmoqda. Jumladan, shu kunlarda mamlakatimizda qon zahiralarini yaratish maqsadida begʼaraz donorlik aktsiyasi boʼlmoqda. Boshqa sohalar qatori Qashqadaryo viloyati ichki ishlar organlari xodimlari ham aktsiyada qatnashmoqda. “Men donorman” aktsiyasida ishtirok etayotgan osoyishtalik posbonlari umumiy amaliyot shifokori koʼrigidan oʼtib, soʼngra, ixtiyoriy ravishda qon topshirayotir.
Аktsiyada ishtirok etish uchun har kuni 70-80 nafar ichki ishlar organlari xodimlari qon topshirmoqda.
Bu boradagi ishlar vohaning shahar-tumanlarida ham davom etmoqda.