Qashqadaryo viloyati IIB PPX va JTSB xodimlari tomonidan “TIGʼ” profilaktik tadbiri davomida amalga oshirilgan ishlar
Tan jarohatlari bilan bogʼliq boʼlgan jinoyatlarni oldini olish maqsadida, koʼcha va jamoat joylarda (bozorlar, xiyobon, yirik savdo majmualari, v.x.k) “Tigʼ” tadbirlari oʼtkazilib, joriy yilning oʼtgan davri mobaynida fuqarolarning sogʼligʼi va hayotiga xavf tugʼdiruvchi buyumlarni olib yurganligi uchun 768 ta shaxslar aniqlanib shundan, 723 nafaridan oʼtkir tigʼli pichoq, 3 nafaridan kastet, 11 nafaridan bita" (toʼqmoq) va 31 nafaridan boshqa xavfli buyumlar daliliy ashyo sifatida olingan.
Ushbu fuqarolarning 79 nafari xiyobonlarda, 334 nafari koʼchalarda xamda 355 nafari bozor va savdo majmualarida yonlari va avtomashinalarida oʼtkir tigʼli ashyolar (sovuq qurollar) olib yurganliklari aniqlanib, oʼrnatilgan tartibda profilaktika inspektorlariga dalolatnoma asosida topshirildi.
Bundan tashqari, oʼtkir tigʼli buyumlar bilan sodir etilishi mumkun boʼlgan jinoyatlarni oldini olish maqsadida, oliy va oʼrta taʼlim muassasalari, fuqarolar gavjum toʼplanadigan joylarda (bozor, istirohat bogʼlari, hiyobonlar v.k) 78 marotaba keng qamrovli targʼibot-tashviqot ishlari olib borilib, ushbu tadbirlar 9 marotaba internet saytlaridan yoritildi.