17 Dekabr 2021 yil 513

Qashqadaryo viloyati IIB xodimlarining pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasiga qarshi kurash bo'yich joylarda targ'ibot tadbirlari olib borilmoqda

Yangi yil ham yaqinlashib qoldi. Koʼpchilik yangi yilni koʼngilxushlik bilan nishonlaydi, kimlardir kuchli hissiyotni xohlaydi va shunda pirotexnika buyumlari – paqildoqlar, salyutlar, bengal shamlari va boshqalar paydo boʼladi... Aholi hayoti va sogʼligi uchun xavfni kamaytirish maqsadida, ichki ishlar organlari va boshqa huquqni muhofaza qilish organlari xodimlari bayramlardan oldin pirotexnika buyumlarini aniqlash va olib qoʼyish boʼyicha maqsadli ishlarni olib bormoqdalar. Qashqadaryo viloyati IIB soha xizmatlari va Qashqadaryi viloyati Bojxona boshqarmasi xodimlari tomonidan hamkorlikda Qarshi shahrida joylashgan umumiy-oʼrta taʼlim maktablarida "Pirotexnika" vositalarini noqonuniy muomalasiga chek qoʼyish boʼyicha maktab oʼquvchilariga tushuntirishlar olib borilmoqda.
Hurmatli hamshaharlar! Bayram sifatsiz pirotexnika tufayli baxtsizlikka olib kelmasligi uchun pirotexnika xarid qilmang. Farzandlaringizga paqildoqlar bilan oʼynash nimalarga olib kelishi mumkinligi haqida koʼproq suhbatlashing.

Text to speech