Qashqadaryo viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan "OPIY” giyohvandlik vositasi to'xtatib qolindi
Qashqadaryo viloyati IIB YHXB xodimlari tomonidan hamda viloyat YHXB maxsus otryad xodimlari bilan hamkorlikda oʼtkazilgan Qashqadaryo viloyat IIB boshligʼining “Yoshlar orasida giyohvandlik va OIV infektsiyasining tarqalishini oldini olish tezkor profilaktik tadbirini oʼtkazish toʼgʼrisida”gi Farmoyishiga asosan, 2022 yil 08 fevral kuni soat 09:00larda Buxoro viloyati Buxoro shahar “Talija” MFYda yashovchi quqaro X.S.ga tegishli bulgan “Kobalt” rusumli avtomashinasi Qarshi tumani hududida joylashgan jarima maydonchasiga olib kelinib, holislar ishtirokida koʼzdan kechirilganda, X.S yonida boʼlgan sariq lattaga oʼralgan 7 dona oq selofan skoch bilan oʼralgan shilimshiqsimon, jigar rangli, moʼmiyosimon, saqichsimon, yopishqoq holdagi oʼziga xos oʼtkir hidli modda va qogʼozga oʼralgan oʼtkir hidli yashil rangli oʼsimlik bargiga oʼxshash moddalar borligi aniqlanib, holislar ishtirokida tegishli tartibda hujjatlashtirib olindi. VIIB EKBning xulosasida “taqdim qilingan sariq lattaga oʼralgan 7 dona oq selofan skoch bilan oʼralgan jigar rangli, moʼmiyosimon saqichsimon yopishqoq holdagi oʼziga xos oʼtkir hidi moddalar tarkibida “Morfin”, “Kodein”, “Tebain” alkaloid giyohvand moddalari bor boʼlgan “OPIY” giyohvand vositasi ekanligi, uning sof ogʼirligi 17,32 gramm ekanligi, taqdim qilingan sariq lattaga oʼralgan 1 dona qogʼoz boʼlagiga oʼralgan oʼtkir hidli yashil rangli oʼsimligi qoʼritmasi tarkibida tetragidrokannabinol mavjud boʼlgan “Marixuana” giyohvandlik vositasi ekanligi, sof ogʼirligi 0,9 gramm ekanligi” koʼrsatilgan. Mazkur holat yuzasidan TIIB TB tomonidan X.S.ga nisbatan Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 5-qismi bilan ishi qoʼzgʼatilgan.