15 Iyul 2023 yil 264

Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘ining navbatdagi qabuli

Fuqarolar bilan ochiq muloqot qilish, ularning muammolarini o‘rganib, qonuniy hal qilish maqsadida Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i, polkovnik Shuxratjon Satvoldiyev boshqarma Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish xonasida fuqarolarni qabul qildi. Qabulda turli masalalar bilan kelgan sakkiz nafar fuqarolar murojaatlari tinglandi.

Qabulda murojaatlar asosini ichki ishlar organlariga ishga va o‘qishga kirish, shuningdek, tergov va surishtiruv ishlari bilan bog‘liq masalalarni tashkil etdi.

Sayyor qabulda fuqarolar murojaatlaridan bittasi hal etildi, ikki nafariga huquqiy tushuntirish berildi, o‘rganish uchun vaqt talab etganlari esa nazoratga olinib, ijroga qaratildi.

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech