4 Noyabr 2022 yil 228

Qashqadaryo viloyati IIB boshligʻi  polkovnik Shuhratjon Satvoldiyevning shaxsiy qabulida muammolar yechim topdi

Fuqarolar bilan doimiy muloqot, ularni murojaatlarini tinglab, muammolariga yechim topish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri. Bu borada Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi va uning quyi tizimlari rahbarlari tomonidan joylarda qator qabullar uyushtirilmoqda. Qabullarda asosiy eʼtibor “Yangi Oʻzbekistonda el aziz, inson aziz” bosh gʻoyasi asosida fuqarolarning huquq va erkinliklari hamda manfaatlari taʼminlanishiga qaratilmoqda. Jumladan, viloyati ichki ishlar boshqarmasi Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish xonasida boshqarma boshligʻi 3-sektor rahbari polkovnik Shuhratjon Satvoldiyev  fuqarolarning murojaatlarini tingladi.

Qabulda murojaatlarning asosini ichki ishlar organlariga ishga kirish, shuningdek, moddiy va maʼnaviy zararni undirish, soha xodimlariga minnatdorchilik hamda tergov surishtiruv harakatlari bilan bogʻliq masalalarni tashkil etdi.

Sayyor qabulda fuqarolarning murojaati ijobiy hal etilib, oʻrganish uchun vaqt talab etadigan murojaatlar ijrosi nazoratga olindi.

Qashqadaryo viloyati IIB Axborot xizmati

Text to speech