16 Avgust 2023 yil 1813

Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i polkovnik Shuhratjon Satvoldiev Yakkabog‘da sektorlar rahbarlari va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar  hamda Xalq deputatlari tuman kengashi deputatlari bilan jinoyatlarni oldini olish borasida joriy yilning yetti oyida amalga oshirilgan ishlar tahliliga bag‘ishlangan yig‘ilishda ishtirok etdi    

 

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev raisligida joriy yilning 28 iyul kuni Farg‘ona shahrida hududlarda huquqbuzarliklarning oldini olish va jinoyatchilikka qarshi kurashish borasidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida bergan topshiriqlari ijrosini ta’minlash orqali xalqimizning tinch-osoyishta hayotiga zamin hozirlash, jamiyatda huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish, bunda mahallada jinoyatchilikni jilovlash bo‘yicha yangicha ish tartibiga o‘tilishi, “Ijtimoiy profilaktika” bo‘yicha mahalla mas’ullarining vazifalari va metodikasini ishlab chiqilib, mahalla beshligi faoliyatini yanada kuchaytirish lozimligini ta’kidladi yig‘ilishda so‘z olgan boshqarma boshlig‘i. Jumladan, joriy yilning o‘tgan davrida Yakkabog‘ tumanida jamoat tartibini saqlash, jinoyatchilikka qarshi kurashish va uning oldini olish, sodir etilgan jinoyatlarni “issiq izlar”da fosh etish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilgan ishlarni atroflicha tahlil etdi. Jumladan, jinoyatlar sektorlar kesimida tahlil etilganda ayrim turdagi jinoyatlar, xususan, yo‘l-transport hodisalari salmog‘i ortgani tanqid ostiga olindi. Buning oldini olish uchun serqatnov avtoyo‘llarga huquqbuzarliklarni aniqlovchi radarlar, yo‘l chiroqlari va svetaforlar  o‘rnatish lozimligi ta’kidlandi.

  “Qizil va “sariq” toifadagi  mahallalarda jinoyatlarni oldini olish uchun ichki ishlar organlari, Milliy gvardiya, “Fidokor yoshlar” va boshqa jamoatchilik vakillaridan iborat tungi xizmatni kuchaytirish, ko‘chalar va savdo do‘konlari atroflariga yoritish chiroqlari va video kameralar o‘rnatish, bozor, ko‘ngilochar maskanlar, xiyobonlarda “jinoyat o‘choqlari”ni aniqlab, profilaktik tadbirlarni kuchaytirish, fuqarolarning xavfsizligi va osoyishtaligini ta’minlashda “Mahalla huquq-tartibot maskan”larining faoliyatini kuchaytirib, eng og‘ir mahallalarda sektor rahbarlari tomonidan “Mahalla huquq-tartibot maskani” tashkil etilishini ta’minlash vazifasi mas’ullar zimmasiga yuklandi.

  Jinoyatlarni fosh etishda tezkor va sohaviy xizmatlar xodimlarining boshqa huquqni muhofaza qiluvchi idoralar hamda keng jamoatchilik bilan o‘zaro hamkorlikdagi faoliyatini yanada kuchaytirish lozimligi ishtirokchilarga uqtirildi.

  Tumanning qizil toifaga kiruvchi mahallalarida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish borasida sustkashlikka yo‘l qo‘ygani uchun bir guruh mas’ul xodimlar ogohlantirilib, bu boradagi ishlarni yanada jadallashtirish borasida tegishli sohaviy xizmatlar va sektorlar rahbarlari vazifador etilib, mas’uliyati oshirildi.

  Kengaytirilgan yig‘ilishda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar oshkora muhokama etilib, kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi.

Text to speech