Qashqadaryo viloyati IIB boshligʼi polkovnik Sh.H.Satvoldievning tashabbusi bilan 150 nafar kam taʼminlangan, moddiy imkoniyati nochor fuqarolarga homiylik yordami sifatida ID-karta rasmiylashtirib berildi
Qashqadaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi tomonidan viloyat hududida “Pasport-viza” qoidalariga rioya qilinishini nazorat qilish, uyma-uy yurgan holda fuqarolarni muammolarini oʼrganish, yangi namunadagi shaxsini tasdiqlovchi xujjat ID-karta bilan rasmiylashtirish, shaxsini tasdiqlovchi xujjat uchun davlat bojini toʼlashga imkoniyati yoʼq fuqarolarga moddiy koʼmak berish maqsadida bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.
Jumladan, joriy yilning dekabr oyida aholi muammolarini “xonadonbay”, “fuqarobay” oʼrganish natijasida aniqlangan muammolar tahlili qilinganda, shulardan 150 nafar fuqarolarni pasport uchun davlat boji toʼlashga imkoniyati yoʼqligi aniqlandi va mazkur toifadagi fuqarolar roʼyhatlari Qashqadaryo viloyati IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasi tomonidan shakillantirildi.
Qashqadaryo viloyati IIB boshligʼi polkovnik Sh.H.Satvoldievning tashabbusi bilan 150 nafar kam taʼminlangan, moddiy imkoniyati nochor fuqarolarga homiylik yordami sifatida ID-karta rasmiylashtirib berilib, ularning muammolari ijobiy hal etildi.