18 Mart 2023 yil 321

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar organlarida navro‘zi olam bayrami bo‘lib o‘tdi  

 

Yurtimizda yasharish va yangilanish ayyomi Navro‘z olam kirib kelmoqda. Bahor havosidan qalblarga tarovat, iliqlik yugurmoqda. Asrlar osha xalqimizning qadimiy urf-odatlari, milliy an’analarini o‘zida mujassam etib kelayotgan Navro‘z milliy meroslarimizni avlodlar qalbiga singdirib kelmoqda.

Navro‘z umumxalq bayrami munosabati bilan Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda boshqarma rahbariyati, viloyat Nuroniylari, faxriylar kengashi va uning shahar-tuman a’zolari, sohaviy xizmatlar xodimlari, boquvchisini yo‘qotganlar va xizmat burchini bajarish chog‘ida vafot etgan ichki ishlar organlarining mard o‘g‘lonlari oila a’zolari ishtirok etishdi.

Navro‘zi olam tadbiri munosabati bilan taklif etilgan mehmonlar Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi hovlisida bayram dasturxoniga taklif etildi. Ko‘tarinki kayfiyat, shodu xurramlikda nishonlagan bayram dasturxoniga sumalak tortildi.

 Viloyat ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xotin-qizlar o‘rtasida turli raqs va sahna ko‘rinishlari, boshqarma tasarrufidagi “Yulduzcha” maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchilarining chiqishlari tadbirga fayz bag‘ishladi.

Tanlovda soha malikalari bahor taomlarini tayyorlash bo‘yicha pazandalik mahoratlarini namoyish etib, o‘zlari tayyorlagan  ko‘klam ne’matlarini namoyish etishdi.

 Tadbirda vohaning san’atkorlari tomonidan ijro etilgan kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga xushkayfiyat ulashdi.

Text to speech