11 Avgust 2023 yil 349

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Baxtiyor Rajapov Qarshi shahar va Qarshi tumanida bo‘lib, mahallalardagi kriminogen vaziyatni o‘rgandi

Huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash, mahallalarni jinoyatdan holi xavfsiz hududga aylantirish hamda aholi muammolarini manzilli bartaraf etish borasida Qashqadaryo viloyatida bir qator profilaktik tadbirlar olib borilmoqda. Xususan, viloyat IIB rahbarlari tomonidan “Xavfsiz tun” tadbir doirasida kriminogen vaziyati og‘ir hududlarda jinoyatchilik holati mas’ul rahbarlar, sektor rahbari va mahallalar beshligi ishtirokida muhokama qilinib, tegishli chora-tadbirlar belgilanmoqda.

Jumladan, viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari, polkovnik Baxtiyor Rajapov Qarshi shahrida kriminogen vaziyatni jilovlash, jinoyat o‘choqlari hisoblangan hududlarda xizmatni tashkil etishning holatini o‘rganib, “Geolog” mahallasida joylashgan istirohat bog‘i, “Shodlik” mahallasidagi ko‘ngilochar maskanlar va choyxonalar hamda aholi gavjum to‘planadigan maskanlarda jinoyatlarni oldini olish, sodir etilganlarini fosh etish borasida xizmat olib borayotgan ichki ishlar organlari va milliy gvardiya xodimlariga tegishli yo‘riqnomalar berdi.

Shundan so‘ng boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari Qarshi tumanidagi “Qozikenti” mahallasida bo‘lib, jinoyatchilikning ahvoli, jamoat tartibini saqlash, fuqarolar xavfsizligi ta’minlash borasida “mahallabay”, “fuqarobay” ishlarni olib borayotgan beshlikning faoliyati bilan tanishdi. Jinoyatlarning sabablari va uning kelib chiqishiga omil bo‘lgan shart-sharoitlar birma-bir tahlil qilindi.

Ham amaliy yordam ham tahlil asosida olib borilgan tadbirda mahalla mutasaddilari va profilaktika inspektorining hisobotlari tinglanib, ularga tegishli yo‘riqnoalar berildi.

“Xavfsiz tun” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan keng qamrovli profilaktik tadbirlarni yanada kuchaytirishga alohida e’tibor qaratish lozimligi, hududiy IIBning tajribali xodimlaridan iborat ishchi guruh faoliyati yo‘lga qo‘yilishi yuzasidan mas’ullarga aniq ko‘rsatma va topshiriqlar berdi.

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech