17 Fevral 2023 yil 613

Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i fuqarolarni qabul qildi

Fuqarolar bilan yaqin muloqot qilish ularni muammolarini hal etish maqsadida  Qashqadaryo viloyati ichki ishlar boshqarmasi Jismoniy va yuridik shaxslarni qabul qilish xonasida boshqarma boshlig‘i 3-sektor rahbari polkovnik Shuhratjon Satvoldiyev boshqarma turli masalalar bilan kelgan fuqarolarning murojaatlarini qabul qildi. 

Qabulda murojaatlar asosini ichki ishlar organlariga ishga kirish, shuningdek, xodimlarining tomonidan olib borilayotgan surishtiruv harakatlariga oid masalalardan iborat bo‘ldi.

Sayyor qabulda 4 nafar fuqarolarning murojaatlari qabul qilinib, ularga huquqiy tushuntirishlar berilib, o‘rganish uchun vaqt talab etadigan ayrim murojaatlar esa nazoratga olinib, ijroga qaratildi.

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech