19 Noyabr 2022 yil 167

Qashqadaryo viloyat Kengashi Sud - huquq masalalari va korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari boʼyicha doimiy koimissiyasining deputatlar va blogerlar ishtirokida yigʼilishi boʼlib oʼtdi

Bugun "Аdolat" SDP Qashqadaryo viloyat Kengashi yigʼilish xonasida Qashqadaryo viloyat Kengashi Sud - huquq masalalari va korruptsiyaga qarshi kurashish masalalari boʼyicha doimiy komissiyasining deputatlar va blogerlar ishtirokida yigʼilishi boʼlib oʼtdi. yigʼilishda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021 yil 6 - iyuldagi "Korruptsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qoʼshimcha chora tadbirlar" toʼgʼrisidagi PQ - 5177 sonli qarorining Qashqadaryo viloyatidagi ijrosi yuzasidan viloyat IIB boshligʼi oʼrinbosari Аtaev Jasur Rustamovichning 10 oylik xisoboti tinglandi xamda 2022 yil xisobida Bolalar xavfsizligini taʼminlash uchun umumtaʼlim maktablari atrofidagi avtomobilь yoʼllarida amalga oshirilgan ishlarning holati yuzasidan Qashqadaryo viloyat IIB Yoʼl xarakati xavfsizligi boshqarmasi maьsul xodimi Xasanov Ruslan Аzamovichning axboroti eshitildi.

Text to speech