9 Noyabr 2021 yil
459
Qashqadaryo viloyat IIB tomonidan qidiruvda boʼlgan shaxs Toshkent shahri hududidan ushlandi
Oʼzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 4-qismi ʼʼaʼʼ bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir qilgani uchun Shahrisabz shahar IIB tomonidan qidiruvda boʼlgan, Kitob tumani Denov qishlogʼida yashovchi SH.A qonundan qochib qutulmoqchi boʼldi. Аmmo uning “qochish rejasi” uzoqqa bormadi.
Qashqadaryo viloyat IIB xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida SH.A. Toshkent shahrida joylashgan “Qoʼyliq” mardikor bozori hududidan ushlandi. Еndi u bir yemas ikkita holat boʼyicha javob berishiga toʼgʼri keladi.