7 Yanvar 2023 yil 247

Arzonlashtirilgan kitoblar yarmarkasi

Qashqadaryo viloyati IIBda shaxsiy tarkibning kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, xodimlarni kitobga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida arzonlashtirilgan kitob yarmarkasi bo‘lib o‘tdi. .

Jahon adabiyotining nodir asarlari, milliy va xorijiy adiblar qalamiga mansub kitoblar yarmarkasida ichki ishlar organlari xodimlari o‘zlarini qiziqtirgan badiiy va ilmiy kitoblarni xarid qilishdi. 

- Yil boshida “Ma’naviyat va ma’rifat darsi”dan so‘ng arzonlashtirilgan kitoblar yarmarkasi tashkil etilgani ayni muddao. Bu xodimlarning bolalariga ta’tilda o‘qishi uchun kitob xarid qilishiga ham qulay bo‘ldi, - deydi boshqarma MMI va KBTX bosh inspektori kapitan Xamza Niyozov. – Kitoblar yarmarkasida ichki ishlar organlari xodimlari o‘qishi tavsiya etilgan asarlardan ikkita xarid qildim. 

Ichki ishlar organlarida kitobxonlik va kitob o‘qish madaniyatini yuksaltirish borasida ishlar jadal davom etmoqda.

Text to speech