28 Oktyabr 2021 yil 509

Аrzonlashtirilgan kitob yarmarkasi

Oʼzbekiston Respublikasi IIVning 2021 yil 03 iyulь kunidagi “Ichki ishlar organlari xodimlari oʼqishi uchun tavsiya etiladigan adabiyotlar roʼyxatini tasdiqlash toʼgʼrisidagi ”gi buyrugʼiga asosan IIV harbiy xizmatchilarida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, xodimlarni kitobga boʼlgan qiziqishini oshirish maqsadida Qarshi XAXTB alohida batalьonida harbiy xizmatchilari va muddatli oddiy askarlar uchun arzonlashtirilgan kitob yarmarkasi tashkil etildi.

Milliy va xorijiy adiblar qalamiga mansub jahon adabiyotining nodir asarlari yarmarkasida harbiy xizmatchilar oʼzlarini qiziqtirgan badiiy va ilmiy kitoblarni xarid qilishdi. 

- Harbiy qismda kitob yarmarkasi tashkil etilgani ayni muddao boʼldi. – Bu xodimlarning vaqtini tejash bilan birga muddatli oddiy askarlar uchun ham qulay boʼldi, - deydi vzvod komandiri kapitan G. Shodiev.

- Chingiz Аytmatovning “Аsrga tatugulik  kun”, Farobiyning “Fozil odamlar shahri” kabi kitoblarini arzon narxda xaprid qildim, - deydi muddatli oddiy askar J. Yoʼldoshev. – Keyingi gal yana yarmarka tashkil etilsa, “Temur tuzuklari” va Fyodor Dostoevskiyning “Jinoyat va jazo” romanini xarid qilaman.

Ichki ishlar organlarida kitobxonlik va kitob oʼqish madaniyatini yuksaltirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar jadal davom etmoqda.

Text to speech