Qarshi tumani IIB Probatsiya guruhi hisobida turgan shaxslarga oʼqishga va ishga yoʼllanmalar berildi
Qarshi tuman Musiqa va sanʼat maktabida tuman IIB Probatsiya guruhi hisobida turib, belgilangan tartib-qoidalarga qatʼiy amal qilgan hamda mehnatga halol munosabatda boʼlib kelayotgan bir guruh shaxslar muddatdan oldin shartli ozod etish boʼyicha yuzasidan sayyor sud majlisi boʼlib oʼtdi. Sud majlisi davomida Qarshi tuman IIB Probatsiya guruhi hisobida nazoratda turgan 6 nafar shaxslar belgilangan jazo muddatini tegishli qismini oʼtaganligi, qilmishidan chin koʼngildan pushaymonligi inobatga olinib, shartli ravishda ozod etildi.
Shuningdek tadbir davomida Qarshi tuman Аholi bandligiga koʼmaklashish markazi xodimlari bilan hamkorlikda oʼqishga va ishga marhamat shiori ostida hunar oʼrgatish va mehnat yarmarkalari tashkil etildi.
Tadbirda qiziqish doirasiga qarab, nazoratdagi shaxslarga oʼqishga va ishga yoʼllanmalar berildi.