19 Fevral 2022 yil 470

Qarshi tumani IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo’linmasi xodimlari tomonidan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan  shaxslarning O’zbekiston Respublikasida yashash va bo’lin tartibiga rioya qilishlari xolati o’rganilgandi

Qarshi tumani IIB Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo’linmasi xodimlari tomonidan chet el fuqarolari va fuqaroligi bo’lmagan  shaxslarning O’zbekiston Respublikasida yashash va bo’lin tartibiga rioya qilishlari xolati o’rganilgandi. O’rganish davomida, quyidagilar aniqlandi:

Tojikiston Respublikasi fuqarosi 06.11.1996 yilda tug’ilgan Raximov Tursunali Ashurovich 2016 yil 10 iyun kuni Tojikiston Respublikasidan O’zbekiston Respublikasi hududiga kirib kelib, Qarshi tumani Kaxlak qishlog’ida doimiy yashovchi Yo’ldosheva Jumagul Urinovnaga tegishli uyda   shu kunga qadar vaqtinchalik pasport ro’yxatidan o’tmasdan noqonuniy yashab kelayotganligi aniqlandi. Ushbu xatti-harakati bilan O’zbekiston Respublikasi MJtKning 225-moddasi 3-qismida ko’rsatilgan huquqbuzarlk sodir etganligi uchun Qarshi tumani IIB MvaFRB mas’ul xodimlari tomonidan unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 20 barobari, ya’ni 5 mln 400 ming so’m jarima jazosi qo’llanildi.

SHuningdek, Xorijiy fuqaro uchun O’zbekiston Respublikasida yashash guvoxnomasi bilan hujjatlashtirilgan 02.02.1966 yilda tug’ilgan Yo’ldosheva Jumagul Urinovna Tojikiston Respublikasi fuqarosi Raximov Tursunali Ashurovichni o’ziga tegishli Qarshi tumani Kaxlak qishlog’idagi uyida noqonuniy yashashiga sharoit yaratib bergan. Ushbu xatti-harakati bilan O’zbekiston Respublikasi MJtKning 225-moddasi 5-qismida ko’rsatilgan huquqbuzarlik sodir etganligi uchun Qarshi tumani IIB MvaFRB mas’ul xodimlari tomonidan unga nisbatan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, bazaviy hisoblash miqdorining 10 barobari, ya’ni 2 mln 700 ming so’m jarima jazosi qo’llanildi.

Hozirda Qarshi tumani Ichki ishlar bo’limi mas’ul xodimlari tomonidan ravishda chet el fuqarolari xamda fuqaroligi bo’lmagan shaxslarning pasport-viza qoidalariga rioya qilishlari doimiy ravishda nazorat  qilib borilmoqda.

Text to speech