14 Aprel 2023 yil 214

Qarshi tuman “qoratepa” MFYda joylashgan 3-sektor shtabida Qashqadaryo viloyati IIB boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Zavqiddin Xo'janov fuqarolar bilan sayyor qabul o‘tkazdi.  

Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ochiq muloqot qilish, ularning murojaatlari, muammo va takliflarini o‘rganib, yechim topish maqsadida Qarshi tumanida fuqarolar sayyor qabul o‘tkazdi.

Qabulda fuqarolarning kommunal sohadagi muammolar, gaz, elektr enegriyasi, mahallaga oqava suv keltirish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish uchun kredit mablag‘ini ajratish va boshqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga doir jami 22 ta murojaatlari tinglandi.

Mazkur murojaatlar orasida 4 tasi, ya’ni moddiy yordam, sog‘liqni saqlash tizimiga yo‘llanma olish kabi masalalar ijobiy hal etildi. Shu bilan birga 2 nafar fuqaroga murojaati bo‘yicha huquqiy tushuntirish berildi. Qolgan murojaatlar mablag‘ va vaqt talab etgani bois ish yurituvga olinib, ijroga qaratildi.

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech