4 Avgust 2023 yil 178

Qarshi shahridagi “qizil” toifadagi “Mahallot”, "Mustaqillik", "Qarliqxona" mahallalarida bo‘lib, kriminogen vaziyatni mahalla beshligi ishtirokida atroflicha tahlil etdi.

Davlatimiz rahbari tomonidan joriy yilning 28 iyul kuni Farg‘ona shahrida o‘tkazilgan Ichki ishlar vazirligining kengaytirilgan hay’at yig‘ilishida ko‘rib chiqilgan tanqidiy masalalar hamda ustuvor topshiriqlar ijrosini ta’minlash, vohada huquqbuzarliklarni oldini olish, jinoyatchilikka qarshi kurashish bo‘yicha Qashqadaryo viloyati ichki ishlar organlari tomonidan bir qator ishlar amalga oshirilmoqda.

Jumladan, viloyat IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari polkovnik Baxtiyor Rajapov boshchiligidagi ishchi guruh Qarshi shahridagi “qizil” toifadagi “Mahallot”, "Mustaqillik", "Qarliqxona" mahallalarida bo‘lib, kriminogen vaziyatni mahalla beshligi ishtirokida atroflicha tahlil etdi.

Mahallalarda fuqarolarni bandligini ta’minlash, yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishning ahvoli o‘rganilib, bu borada amalga oshirilishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar yuzasidan mas’ul mutasaddilarga tegishli topshiriqlar berdi.

 

Tadbirda jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish, sodir etilganlarini fosh etish, jinoyatni yuzaga keltirgan sabab va sharoitlar atroflicha o‘rganilib, mahalla beshligiga amaliy yordamlar ko‘rsatildi.

 

Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech