10 Noyabr 2022 yil 488

Qarshi shahar IIO FMB boshlig‘i podpolkovnik F.Ibragimov jinoyatni yuzaga keltirgan shart-sharoitlarni  muhokama etdi

Qarshi shahridagi 27-maktabda mahallada sodir etilgan og‘ir tan jarohati yetkazish jinoyati muhokamasiga yuzasidan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda Qarshi shahar IIO FMB, shahar XTB va Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limi va “Kamandi” mahalla fuqarolar yig‘ini faollari hamda maktab o‘qituvchilari ishtirok etishdi.

Muhokama yig‘ilishida so‘z olgan Qarshi shahar IIO FMB boshlig‘i podpolkovnik Farrux Ibragimov jinoyatni yuzaga keltirgan shart-sharoit va omillarni atroflicha tahlil etdi.

Ma’lum bo‘lishicha, oila-turmush, bola tarbiyasiga loqaydlik, nazoratsizlik tufayli yuz bergan jinoyatga qo‘ni-qo‘shni, mahalla faollari va, ayniqsa, qarindoshlar hamda mahalla beshligining o‘z vaqtida profilaktik ishlarni amalga oshirmagani sabab bo‘lganini ta’kidladi. Sen menga tegma, men senga qabilida yashash tarzida davom etish mudhish jinoyatni yuzaga kelishiga sabab bo‘lgani tanqid ostiga olindi.

Jamiyatda sodir etilgan har bir jinoyatning kelib chiqish sabablari va sodir etilishiga imkon yaratib bergan shart-sharoitlarni jamoatchilik o‘rtasida muhokama qilish, bunda jinoyatlar va huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshiruvchi va unda ishtirok etuvchi organlar va boshqa mutasaddi muassasalarning o‘zaro hamkorligi muhim ahamiyatga ega ekanligi mas’ullarga tushuntirildi. 

O‘ylab ko‘rilsa, mahallada fuqarolarning kundalik tashvishi va dardu muammolari bilan shug‘ullanishi lozim bo‘lgan beshlik agarda har bir fuqaro ogoh va hushyor bo‘lib, atrof-tevarakda kechayotgan holatlarga daxldorlik hissi bilan yashaganda, elning kayvoni oqsoqollari bu holatni vaqtida muhokama etib,  o‘zgalar hayoti, sha’ni, qadr-qimmati daxlsiz ekanligi borasida tegishli targ‘ibot ishlarini amalga oshirganda bu mudhish jinoyatning oldi olinishi mumkin edi.

Holat bo‘yicha “Kamandi” mahallasi beshligi va Qarshi shahar XTBga qarashli 27-maktab o‘qituvchilari zimmasiga kelgusida bu kabi jinoyatlarning oldini olish uchun amalga oshirilishi lozim bo‘lgan tadbirlar vazifasi yuklandi.

Text to speech