15 Mart 2021 yil 552

“Аrsenal” hamda “Tozalash-Аntiterror” tezkor profilaktik tadbirlari davomida

Qashqadaryo viloyati hududida oʼtkazilayotgan “Аrsenal” hamda “Tozalash-Аntiterror” tezkor profilaktik tadbirlari davomida, fuqarolar xavfsizligini taʼminlash, oʼqotar quroli bilan bogʼliq noxush holatlarni oldini olish va jamoat tartibini saqlash  maqsadida, Qamashi tuman IIBga 2021 yil 13 mart kuni tushgan xabariga koʼra, TIIB HPB TP PI mayor А.Shoxliev va JTSG inspektori katta serjant F.Xudaynazarovlar tomonidan aholi oʼrtasida olib borilgan tushuntirish ishlari natijasida, Qamashi tumani Bogʼobod qishlogʼida yashovchi K.T 2021 yil 12 mart kuni soat 14:30larda yashash uyi hovlisidagi molxonasini buzayotgan vaqtida, devor orasidan 1 dona IJ-17 rusumli, 16 kalibrli, 1 nilli, G07996 rakamli, 1960 yilda ishlab chiqarilgan oʼqotar ov qurolini topib olib, oʼz ixtiyori bilan topshirgan.

Profilaktik tadbirlar va targʼibot va tashviqot ishlari viloyat miqyosida davom etmoqda.

Text to speech