18 May 2024 yil 519

QAROR VA IJRO

Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi Qashqadaryo viloyat bo‘limida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-aprel kunidagi “Jazo muddatini o‘tayotgan, qilmishiga chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan bo‘lgan va tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan bir guruh shaxslarni afv etish to‘g‘risida”gi Farmoniga binoan jazodan ozod etilgan 11 nafar shaxslar bilan viloyat sektor rahbarlari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Ochiq muloqot tarzida o‘tkazilgan uchrashuvda jazoni ijro etish muassasalaridan ozod etilgan shaxslarni hayotda o‘z o‘rnini topishi uchun imkoniyat yaratish borasida manzilli tadbirlar amalga oshirildi.
Ularga alohida e’tibor qaratilib, kelgusida to‘laqonli erkin hayotga moslashishi, dunyoqarashini o‘zgartirish hamda ularning sog‘lom fikrlashini shakllantirish, ijtimoiy hayotga moslashishlari uchun har tomonlama ko‘maklashish, huquqiy yordam ko‘rsatish, takroran jinoyat yoki huquqbuzarliklar sodir etishini oldini olish maqsadida profilaktik chora-tadbirlar amalga oshirildi.
Suhbat davomida ularning aniqlangan muammolarini ayrimlari baratarf etilgan bo‘lsa, vaqt va mablag‘ talab etadigan murojattlarini bartaraf etish uchun mas’ullarga topshiriqlar berildi.
Viloyat ichki ishlar organlarining Probatsiya xizmati mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda jazodan ozod etilgan 11 nafar shaxslar bilan profilaktik chora-tadbirlarni amalga oshirish jarayonida ularning yashash sharoitlarini o‘rganildi.
Ularga tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlikka ko‘maklashish markaziga ish bilan ta’minlashi uchun yo‘llamalar berildi. Ijtimoiy ko‘nikma markazidan bir martalik moddiy yordam pullari hamda pasporti yo‘q 3 nafar shaxslarga hududlardagi Migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limidan ID- karta olishida amaliy yordam ko‘rsatildi.
Jumladan, to‘rtinchi mintaqaviy hudud 33-son manzil koloniyasidan ozodlikka chiqqan Qarshi tumani “Bunyodkor” mahallasida yashovchi Yo‘ldoshev Bekzod Qarshi tumani “Magdona-OID” xususiy korxonasiga ishga joylashtirilib, bir martalik moddiy yordam olishda amaliy yordam ko‘rsatildi.
Viloyat hokimi afv etilgan shaxslarni oilasi va yaqinlari bag‘rida ijtimoiy hayotga moslashib, foydali mehnat bilan shug‘ullanishlari, sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yib, jamiyatda munosib o‘rin topishlari uchun ularga ko‘mak berish bo‘yicha sektor rahbarlariga topshiriqlar berdi.

Text to speech