25 Yanvar 2023 yil 298

Qaror mazmun-mohiyati tushuntirilmoqda

IIV huzuridagi JIED To‘rtinchi mintaqaviy hudud mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi Kadrlar bilan ishlash guruhi tomonidan 2022 yil 25 yanvar kuni mintaqa tasarrufidagi muassasa boshliqlarining o‘rinbosarlari va rahbar xodimlari ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 20 yanvar kunidagi «Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi 10-son Qarori mohiyati va uning ijrosi yuzasidan yig‘ilish bo‘lib  o‘tdi.

Yig‘ilishda viloyat IIB TQX xodimi podpolkovnik P.Xasanov,  viloyati IIB TQX kadrlar guruhi katta mutaxassis podpolkovnik X.Boboyev va Markaz Kadrlar bilan ishlash guruhi inspektori mayor S.Nasirov shaxsiy tarkibga Qarorning mazmun-mohiyati, ichki ishlar organlarining aholi bilan ishlash samaradorligini oshirilishi ma’naviy-ma’rifiy ishlar ko‘lami kengaytirilishi, jamoatchilik nazorati kengashini tuzishga oid tushunchalar berib o‘tdi.

Bundan tashqari, ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi tasdiqlanganini, Kodeksda belgilangan qoida va talablarni har bir xodim o‘qib-o‘rganishi, ularga qat’iy va so‘zsiz amal qilishi majburiy hisoblanadi. Xodimning xizmat faoliyati samaradorligi va xizmat intizomini baholash va rag‘batlantirishning asosiy mezoni ekanligi, Kodeks qoida va talablarga amal qilmaslik yoki ularni qo‘pol ravishda buzish xodimni ichki ishlar organlaridan xizmatdan bo‘shatishgacha bo‘lgan intizomiy jazo chorasini qo‘llash uchun asos bo‘lishi ishtirokchilarga tushuntirildi.

 Tadbirda mavzu doirasida bitiruvchilarni qiziqtirgan savollariga atroflicha javoblar berildi.

Text to speech