16 Fevral 2023 yil 606

Qaror mazmun-mohiyati xotin-qizlarga yetkazildi

Qashqadaryo viloyati IIBda Prezidentimizning 2023 yil 20 yanvardagi “Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda viloyat IIB MMI va KBTX boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik I.Xudoyqulov ichki ishlar organlarida xizmat qilayotgan xotin-qizlarga qarorga muvofiq Ichki ishlar organlarini xalqchil professional tuzilmaga aylantirish va aholi bilan yanada yaqin hamkorlikda ishlashga yo‘naltirish borasida amalga oshiriladigan o‘zgarishlar haqida atroflicha ma’lumot berdi.

Tadbirda qaror bilan ichki ishlar organlari xodimlarining kasbiy madaniyat va xizmat intizomi kodeksi tasdiqlangani va unda korrupsiya, tamagirlik va boshqa salbiy illatlarni oldini olish fuqarolar bilan ishlashda ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashga qaratilgan muhim qoidalar kiritilgani ta’kidlandi.

Text to speech