16 Avgust 2024 yil 539

Shahrisabz tumanida o'tkazilayotgan "Probatsiya oyligi" hamda "Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi jinoyatlar profilaktikasi oyligi" doirasida tadbirlar davom etmoqda.

 Respublikamizda joriy yilning 23-iyulidan 23-avgustiga qadar  "Probatsiya oyligi" hamda 3-avgustdan 5-sentabrga qadar "Xavfsiz hudud va mulkiy turdagi jinoyatlar profilaktikasi oyligi" deb e’lon qilingan bo‘lib, mazkur oylik doirasida qator maxsus profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Shu munosabat bilan, bugun Shahrisabz tumani IIB majlislar zalida Shahrisabz tumani IIB JXX Probatsiya guruhi nazoratida sud tomonidan tayinlangan ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lmagan jazolarni o‘tayotgan 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan Yoshlar va Ayollar uchun Shahrisabz tuman sektor rahbarlarining navbatdagi uchrashuvi tashkil etildi.

Unda tuman prokurori B.Xudoyqulov, tuman IIB boshlig‘i A.Djurayev hamda tuman DSI boshlig‘i A.Yuldoshevlar shuningdek tumandagi hamkor tashkilotlar ma’sul vakillari ishtirok etishdi. Yig‘ilish davomida probatsiya nazoratidagi shaxslarni qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan ularning murojaatlari tinglanib, nazoratdagi shaxslar tomonidan qilingan murojaatlar yuzasidan ma’sul tashkilotlarga tegishli topshiriqlar berilib, 5 nafar nazoratdagi shaxslarning tadbirkorlik faoliyatini tashkil etish, fuqarolik pasportini rasmiylashtirish hamda maishiy turmush doirasidagi murojaatlari shu joyning o‘zida ijobiy hal etildi.

Text to speech