Shahrisabz tumanida sodir etilgan og‘ir turdagi jinoyat bo‘yicha muhokama yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
Shahrisabz
tumani “Shanbe” MFY da sodir etilgan oila-turmush doirasidagi jinoyat
muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat 3-sektor rahbari - ichki ishlar
boshqarmasi boshlig‘i polkovnik Abduvoxid Ismoilov, tuman hokimi, prokurori,
ichki ishlar, sog‘liqni saqlash bo‘limlari boshliqlari, mutasaddi idoralar hamda “Shanbe” mahallasi
yettiligi va faollari ishtirok etishdi.
Muhokama
yig‘ilishida so‘z olgan viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i polkovnik
Abduvoxid Ismoilov jinoyatni yuzaga keltirgan shart-sharoit va omillarni
atroflicha tahlil etdi.
Davolanishga
muhtoj fuqaro oila-turmush doirasida mudhish jinoyatga qo‘l urgani, o‘z
navbatida bu holatga tibbiyot sohasi mutasaddilari o‘z vazifasiga
mas’uliyatsizlik qaragani oqibatida sabab bo‘lganini ta’kidladi. Qolaversa,
qarindoshlar hamda mahalla yettiligi ham “xonadonbay” o‘rganishlar davomida bu
holatni e’tibordan chetda qoldirgani tanqid ostiga olindi.
Odatda
mahallada kimning qanday hayot
kechirayotgani, ijtimoiy ahvoli, nima ish bilan mashg‘ulligi, ruhiyatidagi
o‘zgarishlarni faollari yaxshi bilishi lozim. Lekin vaqtida tibbiy profilaktik choralarni amalga
oshirmagani, o‘zibularchilikka berilish mana shunday salbiy oqibatni yuzaga
keltirgan.
Agarda
har bir fuqaro ogoh va hushyor bo‘lib, atrof-tevarakda kechayotgan holatlarga
daxldorlik hissi bilan yashaganda, mahalla yettiligi va jinoyatni sodir etgan
shaxsning ota-onasi bu holatni vaqtida muhokama etib, profilaktik chora-tadbirlarni amalga
oshirganda bu mudhish jinoyatning oldi olinishi mumkin edi.
Holat bo‘yicha tuman sektor rahbarlari, tibbiyot
sohasi mutasaddilari va “Shanbe” mahalla fuqarolar yig‘ini yettiligi zimmasiga
kelgusida bu kabi jinoyatlarning oldini olish va kelgusida amalga oshirilishi
lozim bo‘lgan chora-tadbirlar vazifasi yuklandi.