8 Fevral 2024 yil 406

Shahrisabz tumanida sodir etilgan firibgarlik jinoyati sektor rahbarlari tomonidan muhokama etildi


Shahrisabz tuman “Tepar” mahallasida sodir etilgan firibgarlik jinoyati yuzasidan muhokama yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat prokuraturasi, tuman sektor rahbarlari, mutasaddi tashkilotlar, “Tepar” mahallasi yettiligi ishtirok etdi.

Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent viloyati Bekobod tumanida yashovchi fuqaro J.A. 2022 yil avgust oyida Shahrisabz tumanida yashovchi tanishi T.G‘. ga “Jentra” rusumli avtomashina olib berishi uchun 13.500 AQSh dollari miqdoridagi pullarini bergan. O‘z navbatida T.G‘. J.A.ning pullarini o‘z ehtiyoji uchun ishlatib, firibgarlik jinoyatini sodir etgan.

Ko‘lami keng yig‘ilishda so‘z olganlar sodir etilgan firibgarlik jinoyatini tanqidiy-tahlil etib, fuqarolarga davlatimiz tomonidan yaratilayotgan shart-sharoit va imkoniyatlarga qaramay ular tomonidan turli huquqbuzarliklar va  jinoyatlar sodir etish holatlari yuz berayotganini ta’kidlashdi.

Sodir etilgan firibgarlik jinoyatini yuzaga kelish sabablari, shart-sharoitlari muhokama etilib, fuqaroning ota-onasi, mahalla-kuy, faollar T.G‘.ning turmush tarzi bilan qiziqmaganini aytib o‘tishdi. O‘z navbatida jinoyatni oldini oldini olishga mas’ul bo‘lgan mahalla yettiligi “xonadonbay”, “mahallabay” o‘rganishlarda bu shaxsning bandligi va yurish-turishi bilan qiziqmagani holda o‘z vazifasiga mas’uliyatsizlarcha yondoshgani sabab bo‘lganligini bildirishdi.

Muokama yig‘ilishida mahalla yettigi zimmasiga jinoyatlarni erta aniqlab oldini olish, fuqarolarning kundalik va maishiy muammolarini o‘rganish jarayonida e’tibor qaratish lozim bo‘lgan chora-tadbirlar borasida manzilli vazifa va topshiriqlar berildi.

Yig‘ilishda viloyat prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i Aziz Ochilov ishtirok etdi.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Text to speech