23 Dekabr 2023 yil 774

Shahrisabz tumanida sayyor sud o'tkazildi

Shahrisabz tumanida viloyat prokuraturasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasining "Dolzarb 40 kunlik"ni o'tkazish to'g'risidagi Qo'shma farmoyishi ijrosi yuzasidan bir qator profilaktik ishlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, tumandagi 1-sonli kasb-hunar maktabida qonunbuzarliklarga qo`l urgan shaxslar bilan sayyor sud majlisi o'tkazildi. Mayda bezorilik, voyaga yetmaganlarni moddiy ta'minlashdan bo'yin tovlash kabi huquqbuzarliklar bilan bog'liq ishlar ko'rilib, jazo muqarrarligi ta'minlandi. Bu boradagi ishlar davom ettirilmoqda.

Text to speech