19 Dekabr 2024 yil 686

Shahrisabz tuman IIBda bo‘lim rahbariyati hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi va Ovchilik va baliqchilik sport birlashmasi rahbariyati va a’zolari, havaskor ovchilar bilan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi

Yig‘ilishda so‘zga chiqqanlar O‘zbekiston Respublikasining 2022 yil 31 may kunidagi “Qurol to‘g‘risidagi qonunchilik takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonuni  va Vazirlar Mahkamasining 2020 yil  26 dekabr kunidagi “Qurol muomalasi sohasida ruxsat berish tartib-taomillarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi qarori talablari haqida ishtirokchilarga atroflicha tushunchalar berdi.  

 Bunda ro‘yxatga olingan ovchilik jamiyatiga a’zo ovchilarning o‘qotar ov qurollarini saqlash qoidalari, Ovchilik bileti va shahar-tuman IIB tomonidan beriladigan ruxsatnoma muddatini o‘tkazib yubormaslik, qurol saqlanadigan temir seyf kaliti qurol egasida saqlanishi hamda temir seyf mustahkam qotirilishi lozimligi aks holda ovchilarga nisbatan ma’muriy javobgarlik choralari ko‘rilib, qurollar  olib qo‘yilishi ta’kidladi.

Yakunda jamiyat a’zolariga va havaskor ovchilarga ov quroli saqlandigan xonadonlarni Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasining pultlariga ulash, xavfsizlik qoidalariga rioya etish turli ko‘ngilsiz holatlarni oldini olishda muhim ahamiyat kasb etishi tushuntirilib, bu borada tegishli tavsiya va yo‘riqnomalar berildi.

Text to speech