Shahrisabz shahrida ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig‘i, podpolkovnik Hotam Qodirovning sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatimizda inson huquq
va erkinliklarini ta’minlash, manfaatlarini himoya qilish eng ustuvor vazifaga
aylandi. Shu bois odamlarning muammolarni bartaraf etish, ularni qiynayotgan
kundalik va maishiy yumushlarni bartaraf etish, pirovardida odamlarni hayotdan
rozi qilish bugungi kunning dolzarb masalasiga aylandi.
Fuqarolarni muammolarini
tinglash va masalalarni o‘rganish hamda hal qilish maqsadida Shahrisabz
shahrida ichki ishlar vazirligi jamoat xavfsizligi xizmati huquqbuzarliklar
profilaktikasi xizmati boshlig‘i, podpolkovnik Hotam Qodirovning sayyor qabuli
bo‘lib o‘tdi.
Sayyor qabulda
fuqarolarning ichki ishlar organlarining profilaktika, tergov xizmati xodimlari
tomonidan olib borilayotgan surishtiruv va tergov harakatlari hamda
boshqa masalalarga oid 42 ta murojaatlari qabul qilindi. Murojaatlarning 31
tasi joyida hal etildi. Ayrim fuqarolarga muammosi bo‘yicha boshqa
organga murojaat etishlari yuzasidan tegishli huquqiy tushunchalar berildi.
Qolgan 11 ta murojaatlar o‘rganish uchun vaqt talab etishi tushuntirilib,
tegishli mutasaddi idoralarga yuborildi va ijrosi nazoratga olindi.
Ko‘lami keng sayyor qabul yakunida fuqarolardan
tushgan murojaatlar jamlanib, tahlil etildi va sektorlar rahbarlariga
ro‘yxatga olingan muammolarni bartaraf etish majburiyati yuklandi.