Shahrisabz shahri “Hisor” o‘yingohidagi suv havzasida “Suzish” turi bo‘yicha musobaqalar bo‘lib o‘tdi
Ichki ishlar Vazirining 2024 yil
8 iyundagi “O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar organlari tizimida joriy
yilning iyun oyi “Yangi O‘zbekiston
yoshlari, birlashaylik!” shiori ostida “Yoshlar oyligi” deb e’lon qilish
to‘g‘risida”gi farmoyishiga asosan, Qashqadaryo viloyatida alohida dasturga
muvofiq “Ichki ishlar organlari yosh xodimlari va harbiy xizmatchilarining IV
Respublika yoshlar forumi” Qashqadaryo viloyatida yuqori saviyada tashkil
etildi. Shahrisabz shahar “Hisor” o‘yingohidagi suv havzasida Forumda ishtirok
etayotgan yigitlar o‘rtasida sportning “Suzish” turi bo‘yicha musobaqalar
bo‘lib o‘tdi. Yopiq turdagi 25 metr uzunlikdagi suzish havzasida ishtirokchilar
erkin usulda xalqaro standartlar asosida borib qaytish hisobiga 50 metr
masofada suzishdi.
Hakamlar hay’ati tomonidan baholab borilgan suzish
musobaqasida 4 nafar ishtirokchi yagona jamoa tarzida qatnashdi.