Shahrisabz shahri - “2024 yil - Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti turizm poytaxti”
YUNESKO Butunjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan
Shahrisabz shahri - “2024 yil – IHT turizm poytaxti” sifatida e’lon qilinib,
joriy yil 25-26 aprel kunlari tashkilotga a’zo davlatlar a’zolari ishtirokida
xalqaro forum bo‘lib o‘tdi.
Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti bosh kotibi
Husrav Noziriy boshchiligida Turkiya, Eron, Tojikiston, Pokiston, Qirg‘iziston,
Qozog‘iston, Turkmaniston va Ozarbayjon mamlakatlaridan kelgan mehmonlar va
tadbir ishtirokchilari Shahrisabz shahrining
“Dor ut-Tilovat”, Dor ut-Siyodat”, “Oqsaroy” majmualari, Chubin
madrasida joylashgan Amir Temur va Temuriylar davriga oid muzey, Amir Temur
monumenti kabi boshqa tarixiy obidalarga tashrif buyurishdi.
Shundan so‘ng mehmonlar “Shahrisabz – Iqtisodiy
hamkorlik tashkiloti turizm poytaxti” mavzusida a’zo davlatlarning yetakchi
rassomlari ishtirokida “plener” natijalariga bag‘ishlangan 9 ta davlatning 22
nafar taniqli rassomlari ishtirokida ko‘rgazmani ko‘zdan kechirishdi.
“Shakhrisabz Culinary Competition” – IHTga a’zo davlatlar oshpazlari
o‘rtasida xalqaro gastronomik festivalda 30 dan ortiq oshpazlar o‘z
davlatlarining o‘ziga xos milliy taomlari bilan qatnashishdi.
Ikkinchi kuni “International folk” xalqaro festivali
doirasida tarixiy markaz hududida 9 ta davlat folklor jamoalarining hamda
viloyatning folklor jamoalari tomonidan turli chiqishlar amalga oshirildi.
Shundan so‘ng “IHT davlatlari “Xalqaro
etnosport birinchi o‘yinlari”ga start berildi. Festivalga har bir davlatdan 4
ta etnosport turi bo‘yicha sportchilar qatnashishdi.
Shu kuni Shahrisabz shahriga 2024 yilda
“Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti turizm poytaxti” maqomi sertifikati tantanali ravishda topshirildi.
IHTga a’zo mamlakatlar yosh dizaynerlari ishtirokida
“Modest fashion show” va sahnalashtirilgan madaniy konsert dasturi namoyish
etildi.
Xalqaro festival ishtirokchilari, xorijiy va
mahalliy jurnalistlar Shahrisabz
tumanida bunyod etilayotgan turistik markaz faoliyati hamda yangi loyihalar
bilan tanishish maqsadida “Miraki” shaharchasiga tashrif buyurishdi.
Turizm haftaligi doirasida tashkil etilgan
xalqaro anjuman tashkilotchilari va boshqa vakillar, xorijiy hamda mahalliy
jurnalistlar so‘lim, bahavo “Miraki” mahallasida tashkil etilgan sayyohlik
imkoniyatlari bilan tanishishdi.
“Turizm haftaligi” doirasida eng yaxshi
faoliyati olib borgan “Miraki” mahalla fuqarolar yig‘ini raisiga O‘zbekiston
Respublikasi Turizm qo‘mitasining “Turizm mahallasi” maqomi sertifikati
tantanali ravishda topshirildi.
Shu bilan Shahrisabz shahri - “2024 yil – IHT
turizm poytaxti” maqomi doirasida xalqaro tadbirlar yakunlandi.
Xalqaro iqtisodiy va madaniy tadbirga tashrif
buyurgan 416 nafar xorijiy va 29.000 dan ortiq xorijiy va mahalliy
ishtirokchilar, sayyohlar, delegatsiya a’zolarini xavfsizligini namunali
ta’minlandi.
Xizmatga viloyat IIB Xavfsiz turizmni
ta’minlash boshqarmasi shaxsiy tarkibi to‘liq jalb qilinib, xodimlar tomonidan
tadbirlar o‘tkaziladigan joylarda tashrif buyurgan ishtirokchilar, xorijiy va
mahalliy sayyohlarga turli yo‘nalishlarda amaliy yordam ko‘rsatish, ularning
harakat yo‘nalishlarida patrullik kuzatuvini ta’minlash kabi bir qator
vazifalar amalga oshirildi.
Ichki ishlar organlari boshqa huquqni muhofaza
qiluvchi idoralar xodimlari tomonidan olib borilgan fidokorona xizmat davomida
xorijiy va mahalliy fuqarolarga nisbatan yoki ular tomonidan jinoyat sodir
etilishiga yo‘l qo‘yilmadi, shuningdek, ko‘ngilsiz voqea-hodisalar qayd
etilmadi.