Shahrisabz shahar hokimligida “Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi” targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi
Barcha
hududlarda bo‘lgani singari Shahrisabz shahar hokimligida bo‘lib o‘tgan
targ‘ibot tadbiri ham «Kiberjinoyatdan ogoh bo‘ling» mavzuiga bag‘ishlandi.
Ushbu targ‘ibot yig‘ilishida hokim o‘rinbosarlari, shahardagi mavjud
mahallalarning yoshlar yetakchilari, maktab psixologlari va faollar ishtirok
etishdi. So‘zga chiqqan Respublika ichki ishlar vazirligi tezkor qidiruv
departamentining kiberxavfsizlik markazi mas’ul xodimi Javlon Jabborov,
Shahrisabz shahar IIB o‘rinbosari Dilshod Sultonov va boshqalar asosiy
e’tiborni bugungi kunda hayotimizga kattagina xavf solayotgan, nosog‘lom
muhitni paydo bo‘lishiga olib kelayotgan kiberjinoyatlarning har qanday
ko‘rinishiga qarshi murosasiz kurashish, joylarda ayniqsa aholi va yoshlar
o‘rtasida to‘liq tushuntirish ishlarini olib borish-jumladan ijtimoiy
tarmoqlar, internet do‘konlaridan foydalanishda belgilangan tartib-qoidalarga
amal qilish, plastik karta kodi va parolini, shuningdek, sms xabarlar orqali
yuboriladigan maxfiy kodlarni begona shaxslarga bermaslik xususida
yig‘ilganlarga kengroq tushuncha berib ishtirokchilarning savollariga batafsil
javoblar qaytarishdi.
Tadbir so‘ngida ishtirokchilarga ogohlikka
da’vat etuvchi targ‘ibot qo‘llanmalari tarqatildi.