20 Yanvar 2025 yil
924
Qarshida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
Qarshi temir yo‘l vokzaliga qarashli Vagon deposida ekstremizm, aqidaparastlik va boshqa yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni shakllantirish maqsadida davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzulari keng yoritildi. Tadbirda yot g‘oyalar ta’siridan himoyalanish va ma’naviy barqarorlikni mustahkamlash yo‘llari xususida fikr yuritildi.
Shuningdek, tadbirda ishtirokchilarning savollariga mutaxassislar tomonidan atroflicha javoblar qaytarildi.