Qarshi tumanida joylashgan Axborot texnologiyalari va menejment universitetida “Ayol-millat ko‘zgusi" mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi
Ayol baxtli
bo‘lsa, jamiyat taraqqiy yetadi. Xotin-qizlarni e’zozlagan, qadrlagan yurtning
esa buguni va ertasi shubhasiz farovondir! Yurtimizda xotin-qizlarning
huquq-imkoniyatlarini kengaytirish, davlat boshqaruvi va jamiyatning barcha
jarayonlarida ularning rolini oshirishga qaratilgan tizimli islohotlar amalga
oshirilmoqda.
Shuningdek, Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida
joylashgan Axborot texnologiyalari va
menejment universitetida “Ayol-millat ko‘zgusi" mavzusida
ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
Tuman xotin-qizlari ishtirokidagi ushbu uchrashuvda Qarshi tumani IIB
JHX XPX XQMB katta inspektori leytenant B.Avazova bugungi kunda xotin-qizlarga
yaratilayotgan imkoniyatlar, erta
turmush, tazyiq va zo‘rovonlik
mavzularida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. Ayollar o‘zlarini o‘ylantirib kelayotgan, qiziqtirgan va muammoli
holatlari bo‘yicha savollariga batafsil javoblar oldi. Xotin-qizlar
ishtirokidagi bu kabi uchrashuvlar joylarda davom ettirilmoqda.