Qarshi tumani hokimligida "Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida seminar o‘tkazildi
Qashqadaryo viloyatida davom etayotgan
"Kibermadaniyatni yuksaltirish oyligi" doirasida davlat boshqaruv
organlari va tashkilot xodimlari kiber-savodxonligini oshirish maqsadida Qarshi
tumani hokimligida kiber-gigiyena bo‘yicha seminar tashkil qilindi.
Seminar davomida kiber-gigiyena va axborot
xavfsizligi, ko‘p faktorli autentifikatsiya, kompyuter funksiyalarini cheklash,
fishing, kiber-firibgarlarning ma’lumotlar manbai, messendjer va elektron
pochtalarda xabar almashish xavflari, ish faoliyati va shaxsiy hayot muhitini
chegaralash, xabar almashish kanallari, messendjer va ijtimoiy tarmoqlarda
axborot xavfsizligi; elektron imzo kalitini yo‘qotish, saqlash vositalari bilan
xavfsiz ishlash, xavfli dasturiy ta’minotlarning kompyuterlarga tushish
yo‘llari, ishni boshlashdan oldin kompyuterni tekshirish, kompyuter ishlamay
qolganda blokirovka qilish/tizimdan chiqish, kundalik hayotda kiberxavfsizlik,
telefon apparati yo‘qolgandagi choralar, axborot texnologiyalari sohasidagi
jinoyatlar va boshqa masalalar muhokama qilindi.
Shuningdek, har tashkilot rahbarlari o‘z
korxonalarida oylik doirasida seminarlar o‘tkazilishi hamda murojaatchi
fuqarolarga targ‘ibot ishlarini olib borishi yuzasidan vazifalar ham belgilab
berildi.