Qarshi tuman IIBda bo‘lim JXX probatsiya guruhida jazo o‘tayotgan mahkumlar va uyushmagan yoshlar bilan profilaktik tadbir o‘tkazildi.
Viloyat IIB
JXX Probatsiya xizmati rahbariyati va tuman IIB mas’ullari ishtirokida bo‘lib
o‘tgan yig‘ilishda uyushmagan yoshlar va nazoratdagi shaxslarni ijtimoiy
hayotga moslashtirish, ish bilan bandligini ta’minlash, muayyan kasbga o‘qitish
orqali ularning dunyoqarashida jinoyatchilikka qarshi hamda mehnatga halol
munosabatni shakllantirish borasida bir qator tavsiyalar va ishga
yo‘naltirishlar berildi.
Jazo
o‘tayotgan mahkumlar tomonidan kelgusida qayta jinoyat sodir etilishini oldini
olish va ularni bandligini ta’minlashga oid
va boshqa bir qator masalalar atroflicha tahlil etildi. Yig‘ilishda
ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.
Yakunda
tuman tuman Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini taminlash bo‘limi
mas’ullari tomonidan “Ishga marhamat” dasturi doirasida o‘zlarining
takliflarini berishdi.