Ichki ishlar vazirligi “Dinamo” jismoniy tarbiya-sport jamiyati Qashqadaryo viloyati kengashining taqvimiy rejasiga asosan bo‘lib o‘tgan musobaqada viloyat huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlaridan iborat jamoalar ishtirok etishdi.
Soha xodimlarining jangovar shayligini oshirish, jismoniy tayyorgarligini mustahkamlash maqsadida o‘tkazilgan musobaqada jamoalar bor mahorat va tajribalarini ishga solib g‘oliblik uchun kurashdilar.
Murosasiz bahslarga boy kechgan musobaqada viloyat Davlat xavfsizlik xizmati jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi va ichki ishlar vazirligi Qorovul qo‘shinlari 7533-harbiy qism jamoalari navbatdagi sovrinli o‘rinlarni band etishdi.
G‘oliblar Kengashning diplom, medal va qimmatbaho sovg‘alari bilan taqdirlandi.
Sahifadagi xatolar bo`yicha manzil:
Matn xato bilan:
Sizning izoxingiz yoki to`g`ri versiya: