23 Fevral 2024 yil 296

Qarshi muhandislik itisodiyot institutida yoshlar jinoyatchiligi va kiberxavfsizlik borasidagi qonunbuzarliklar bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi

Institut o‘qituvchilari va talabalari ishtirok etgan tadbirda Qarshi shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tergovchilari ishtirok etib, mamlakatimizda yoshlarni jinoyatlardan xoli ulg‘ayishi uchun bir qator imkoniyatlar va shart-sharoitlar yaratilganini ta’kidlashdi. Shu bois yoshlar turli qonunbuzarliklardan saqlanishi, ekstremistik guruhlarning ta’siriga tushib qolmaslik, har qanday yot g‘oyalarga qarshi kurashish uchun boy ma’naviy xazinalarimizni o‘rganishi lozimligi borasida ishtirokchilarga kerakli tushunchalar berildi.

Yig‘ilganlarga O‘zbekiston Respublikasining 2023 yil 11-apreldagi “Xotin-qizlar va bolalar huqulari, erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini yanada takomillashtirish munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kirtish to‘g‘risidagi"gi qonuni mazmun-mohiyati ham tushuntirilib o‘tildi.

Yakunda ishtirokchilarni savollariga javoblar berildi.

Text to speech