21 Noyabr 2024 yil 145

Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutida “Dolzarb 50 kun” profilaktik tadbiri doirasida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda qurol va pirotexnika vositalaridan foydalanishning salbiy oqibatlari mavzusida so‘z yuritildi. Viloyat ichki ishlar boshqarmasi JXX JTSB xodimlari, oliy o‘quv yurti o‘qituvchilari va talablari ishtirok etgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga qurol va pirotexnika buyumlarining qonunga xilof muomalasi uchun javobgarlikni kuchaytirishga qaratilgan o‘zgarishlar - qurol va pirotexnika buyumlarini qonunga xilof ravishda saqlash, tashish, jo‘natish, o‘tkazish va Respublikamizga olib kirish yoki mamlakatimizdan olib chiqish uchun javobgarlik choralari yanada kuchaytirilgani ta’kidlab o‘tildi.

Tadbirda mavzu yuzasidan ishtirokchilarning savollariga javoblar berildi.
Text to speech