Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutida mas’ullar ishtirokida Qarshi davlat universitetida sodir etilgan jinoyat muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
"TIQXMMI" MTUning Qarshi irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutida mas’ullar ishtirokida Qarshi davlat universitetida sodir etilgan jinoyat muhokamasi bo‘lib o‘tdi. Unda so‘z olgan Qashqadaryo viloyati IIB JXX HPB boshlig‘i, polkovnik R.Temirov sodir etilgan jinoyatga sabab bo‘lgan shart-sharoitlarni atroflicha tahlil etdi. Oliygoh hududida sodir etilishi mumkin bo‘lgan huquqbuzarliklar va jinoyatlarni oldini olish uchun mas’ullar e’tibor qaratishi lozim bo‘lgan holatlar xususida topshiriqlar berdi.
Tadbirda institut direktori maslahatchisi T.Uralov, direktorning 1-o‘rinbosari O.Pirimov va profilaktika inspektori, katta leytenant F.Abdusalomovlar ishtirok etib, talaba yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ta’til davomida bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar xususida so‘z yuritishdi. Yakunda bildirilgan taklif va
tavsiyalarni amalga oshirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.