9 Dekabr 2023 yil 943

Qarshi Irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutida Qarshi shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bilan hamkorlikda talaba-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirishga oid tadbir tashkil etildi.

Qarshi Irrigatsiya va agrotexnologiyalar institutida Qarshi shahar ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bilan hamkorlikda talaba-qizlarning huquqiy savodxonligini oshirishga oid tadbir tashkil etildi. Unda Qarshi shahar IIOFMB JXX HPB Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektori, leytenant  N.Maqsadova, profilaktika inspektori F.Abdusalomov, institut xotin-qizlar kengashi raisi M.Rasulovalar ishtirok etishdi.

Tadbirda so‘z olganlar xotin-qizlarning haq-huquqlari, ularga yaratilayotgan imkoniyatlar borasida fikr yuritishdi.

Ishtirokchilarga yangi tahrirdagi Konstitutsiyada belgilab qo‘yilgan xotin-qizlarning huquq va erkinliklari, gender tengligi, ayollarga beriladigan “Himoya orderi” ning asoslari kabi bir qator masalalarga oid savollariga ham  javoblar berildi.

Text to speech