Qarshi Xalqaro universitetida “Zo‘ravonliksiz 16 kun” tadbiri doirasida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Unda Qarshi shahar IIO FMB JXX HPB XQMB, Respublika
“Istiqbolli avlod” ijtimoiy-axborot markazi viloyat bo‘limi, universitet o‘qituvchi va talabalari ishtirok etishdi.
Davra suhbatida
jamiyatda xotin-qizlarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik sodir etilishiga olib keladigan
sabab va shart- sharoitlar hamda ularni bartaraf etish chora-tadbirlari,bu borada
jamoatchilik nazoratini olib borish borasidagi fikr-mulohazalar ishtirokchilarga
tushuntirildi.
Shuningdek,
ilmiy, amaliy hamda fundamental tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash, xotin-qizlar va
bolalarga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlikka doir murosasizlik muhitini yaratish,
gender tenglik va bu boradagi muammolarni bartaraf etish buyicha ma’ruzalar tinglandi.
Qizg‘in munozaralarga
boy tarzda o‘tgan tadbirda ishtirokchilarning savollariga mutaxassislar tomonidan
javob berildi.